Kobbi Maynu Angliya terma jamoasidagi debyuti haqida fikrlarini bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 05:58
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliya terma jamoasidagi ilk o‘yinidan so‘ng o‘zini qanday his qilganini aytib berdi.

18 yoshli futbolchi shanba kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tgan Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi. “Qizil iblislar” yarim himoyachisi 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, biroq u Garet Sautgeyt jamoasiga minimal mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yordam bermadi – yagona gol 80-daqiqada Endrik tomonidan kiritildi.

“Uembli"da, oilam oldida Angliya terma jamoasi safida debyut qilishim alohida tuyg‘u. Men hech qachon bu lahzani unutmayman. Endi o‘zimizga kelib, seshanba kungi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - deb yozdi Maynu ijtimoiy tarmoqlarda.

26 mart kuni Angliya terma jamoasi Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati