Endrik Braziliya terma jamoasi tarixiga kirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 05:12
Endrik Braziliya terma jamoasidagi ilk golini “Uembli”da Angliyaga qarshi o‘yinda kiritdi.

Angliya terma jamoasi “Uembli”da o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliyaga (0:1) mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning 81-daqiqasida braziliyalik hujumchi Endrik terma jamoa safidagi ilk golni urdi. Vinisius Junior yakkama-yakka imkoniyatni golga aylantira olmaganidan so‘ng, u to‘pni darvozaga yo‘llagan holda hujumni yakunladi.

Ayni paytda Endrik 17 yosh, 8 oy va 3 kunlik.

Braziliya terma jamoasi safida rasmiy o‘yinlarda faqat Pele (16 yosh, 8 oy, 14 kun), Edu (16 yosh, 10 oy, 2 kun) va Ronaldo (17 yosh, 7 oy, 12 kun) undan yosh holatida gol urishgan.

Hujumchi "Real"ga tegishli va hozirda "Palmeyras" sharafini himoya qilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati