Issiqda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tarqalishi ehtimoli yuqori — Sanepidqo‘mita

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-07-2024, 22:22
Kunlar isishi, yoz boshlanishi natijasida aholi orasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, xususan, o‘tkir diareya, qorin tifi, salmonellyoz, virusli gepatit A va boshqa ovqatdan zaharlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi.

Aytilishicha, ushbu kasalliklar tez yuquvchi kasalliklar bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayt qilish, ichning suyuq va tez-tez ketishi bilan kechadi.



O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, qaynatilmagan ariq, hovuz va quduq suvlari, yuvilmagan sabzavot va mevalar, shu bilan birga pashshalar alohida ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida kasallik sog‘lom odamlarga yuqadi. Kasallikning oldini olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:

har doim, ayniqsa ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving;
meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida (iloji bo‘lsa qaynagan suvda) yuvib iste’mol qiling;
ochiq suv havzalaridan suv ichmang, faqat qaynatilgan suv iching, mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmang;
oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va ularni tashish hamda tarqatilishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling;
non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini polietilen xaltachalar va usti berk idishlarda saqlang;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati