Tez-tez kuzatiladigan bosh og‘rig‘idan qanday xalos bo‘lish mumkin?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-07-2024, 12:52
Agar bosh og‘rig‘i tez-tez kuzatilib tursa, albatta, buning sababini izlash kerak. Bosh og‘rig‘iga chidash yoki og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan og‘riqni vaqtinchalik qoldirish imkon qadar tavsiya etilmaydi. Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarni e’tiborsiz qoldirmang. Tanangiz boshdagi og‘riq orqali boshqa jiddiy kasalliklar haqida belgi berayotgan bo‘lishi mumkin.

Tez-tez bosh og‘rishining sabablari

Agar boshingiz tez-tez og‘riy boshlasa, nima qilish kerak va qaysi shifokorga murojaat qilish lozim?

Muntazam bosh og‘rig‘i bezovta qiladigan shaxslar tez-tez qiladigan birinchi ish bu og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishdir, lekin og‘riqni xalq tabobati bilan bartaraf etish afzalroqdir. Yangi karam bargini peshonangizga qo‘ying, moychechakli choy iching va peshonangizni limon yoki lavanda efir moyi bilan uqalang. Ular bosh og‘rig‘ini sezilarli yengillashtiradi.

Agar doimiy bosh og‘rig‘i kamaymasa, albatta, shifoxonaga borishni unutmang. Birinchi bo‘lib nevrologga murojaat qiling, chunki ko‘pincha bunday og‘riqlar miya yoki orqa miya bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi. Shuningdek, terapevtga ko‘rinish ham tavsiya etiladi va u torroq mutaxassisga yo‘llanma beradi.

Ko‘p holatlarda og‘riq qoldiruvchi dorilarni iste’mol qilish shifokor qabuliga borishni sekinlashtiradi va aniqlanmagan kasallik yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati