MYU Oblak uchun katta pul taklif qilmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 01:20
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida o‘zining darvozabon pozisiyasini kuchaytirishi mumkin. Todofichajes`ga ma’lum bo‘lishicha, Angliya Premyer-ligasi giganti "Atletiko Madrid" futbolchisi Yan Oblakni ko‘zlagan.

Hozirda "Manchester Yunayted"ning asosiy darvozaboni Andre Onana, ammo kamerunlik futbolchi mavsumni yaxshi o‘tkazmayapti. "Atletiko" 31 yoshli Oblakni bu yozda yaxshi pulga sotish mumkinligini tushunib, moliyaviy ahvolini yaxshilashni istamoqda, "MYU" vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” Yan Oblak uchun taxminan 50 million yevro to‘lashga tayyor – “Atletiko Madrid” aynan shu summani talab qiladi. Sloveniyalik golkiperning o‘zi ham o‘zini Premyer-ligada sinab ko‘rishga qarshi emas.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati