• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • To‘g‘ri ozish sirlari: vazn tashlash uchun kaloriya tanqisligini qanday yaratish mumkin?

To‘g‘ri ozish sirlari: vazn tashlash uchun kaloriya tanqisligini qanday yaratish mumkin?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-07-2024, 09:30
Yaxshi odatlarni an’anaga aylantirish hamda to‘g‘ri ozish qoidalariga amal qilish ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun mustahkam asos bo‘ladi. Bugun shifokor-terapevt va nutrisiologlar tavsiya etadigan eng samarali yechim — organizmda kaloriya tanqisligini yaratish haqida suhbat quramiz.



Kaloriya tanqisligi nima?

Internetda va boshqa manbalarda ozish hamda muvozanatli bo‘y va vaznga erishish uchun millionlab tavsiyalarni topish mumkin. Ammo ortiqcha kilogrammlarni yo‘qotishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri kunlik kaloriya miqdorini kamaytirish, ya’ni defisitni yaratish hisoblanadi.



Agar organizmda parchalanadigan kundalik kaloriyalardan kamroq kaloriyali mahsulotlarni iste’mol qilsangiz, tanangizda kaloriya tanqisligini hosil qilasiz. Bu holat energiya tanqisligi deb ham ataladi, chunki kaloriyalar issiqlik yoki energiya birligidir. Ko‘plab insonlar har kuni o‘z vaznini mo‘tadil saqlab qolish uchun keragidan ortiq kaloriya iste’mol qiladi. Doimiy ravishda organizm qabul qilgan qo‘shimcha kaloriyalar yog‘ ko‘rinishida tanada to‘plana boshlaydi. Bu esa tabiiy ravishda vazn ortishiga olib keladi.

Agar tartibli va hisob-kitobga rioya qilgan holda kaloriya tanqisligini yaratsangiz, organizm tanada saqlanib qolgan yog‘lardan energiya ola boshlaydi. Bunday yog‘lar, asosan, oyoqning son qismida, qorin bo‘shlig‘ida to‘planadi.

Kaloriya tanqisligini qanday yaratish mumkin?

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati