Bavariya Arauxodan tashqari Barselonaning yana bir himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 00:40
"Barselona" markaziy himoyachisi Mikail Fayega "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Senegallik hali "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida debyut o‘tkazmadi - u o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynaydi. Biroq jurnalist Santi Aunaning yozishicha, 19 yoshli futbolchini turli top-klublar, jumladan, "Bavariya" ham kuzatib bormoqda. Yanvar oyida "Barselona" yosh markaziy himoyachi uchun "Lans", "Jirona" va "Alaves"ning takliflarini rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Kataloniya grandining asosiy markaziy himoyachisi Ronald Arauxoga ham qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar, ehtimol, bu yozda urugvaylik futbolchini yana qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Transfermarkt ekspertlari Mikail Fayening transfer qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati