Atletikoning ishtahasi karnay

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 00:24
"Atletiko" Joau Feliksni sotmoqchi va uning narxini 80 million yevro qilib belgilagan.

AS xabariga ko‘ra, "matraschilar" rahbariyati portugaliyalikni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti va 80 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Futbolchining o‘zi ham "Atletiko"ga Diyego Simeone murabbiylik qilsa, u qaytmasligini ham tushunadi.

Feliks bu mavsumda ijara asosida o‘ynayotgan "Barselona" to‘liq transferni amalga oshira olmaydi. Kataloniya klubi ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirishni taklif qilmoqda.

"Atletiko" uchun ustuvor vazifa o‘yinchini sotish bo‘lib qolmoqda va "Barselona"ga ijaraga berish oxirgi o‘rinda turadi.

Joau Feliks 2019 yilda 127 million yevro evaziga "Benfika"dan "Atletiko"ga o‘tgan edi. 24 yoshli portugaliyalikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Feliks “Barselona” safida 34 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati