Nogiron yigit sevgilisining hayotini saqlab qolish uchun o‘zini qurbon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 00:16
«Crocus City Hall»da sodir etilgan terakt vaqtida nogironligi bo‘lgan yigit sevgilisining hayotini saqlab qolish uchun o‘zini qurbon qildi.

Natalya "Piknik" guruhining muxlisi edi, shuning uchun Maksim kutilmagan sovg‘a sifatida spektaklga chipta sotib oldi.

Ma’lum qilinishicha, 25 yoshli Maksim Verbenin sevgan qizi Natalya bilan birgalikda konsert tomosha qilish uchun «Crocus City Hall» konsert zaliga kelgan bo‘lgan.

Shu vaqtda terrorchilar konsert zaliga bostirib kelib, duch kelgan odamga o‘q otib boshlashgan. Natijada zaldagi odamlar sarosimaga tushib, chiqish eshigiga qarab yugirishgan.

Afsuski yigit chiqish yo‘laklarida pandus bo‘lmagani uchun qochishga ulgurmagan. Sevgilisi esa uni tashlab ketolmagan. Oqibatda terrorchilar sevishganlarga qarata o‘q uzishgan.

«Ular uning ko‘krak qismiga bir necha marotaba o‘q uzishgan. O‘g‘limning jonsiz tanasi sevgilisining ustiga qulagan. U o‘lgan bo‘lsa-da tanasi bilan qizni terrorchilardan himoyalagan»,— dedi marhumning onasi.
Maksimning onasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘lganlar ro‘yxatida ham, yaradorlar ro‘yxatida ham yo‘q.
Natalya mo‘’jizaviy tarzda tirik qoldi va kasalxonaga yotqizildi.
Verbenin MPGU musiqa san’ati fakulteti talabasi edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati