Inter egasi katta miqdordagi qarzini to‘lashi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 00:06
Sud “Inter” rahbarini 320 million yevro qarzini to‘lashga majbur qildi.

Milan apellyasiya sudi Gonkong sudining “Inter” xo‘jayini Stiven Chjan Xitoy qurilish banki oldidagi 320 million yevrodan ortiq qarzini to‘lashi kerakligi haqidagi hukmni o‘z kuchida qoldirdi, deb yozadi Football Italia Correira Della Sport nashriga tayanib.

Qaror endi Italiyada ham ijro etilishi mumkin, bu yaqin kelajakda Chjanning "San-Siro"da paydo bo‘lishini qiyinlashtirishi mumkin. Gonkongda Chjan aybdor deb topilsa, uch oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

"Inter" egasi vaziyatni to‘g‘irlashga urinib ko‘rdi va Amerikaning Oaktree investisiya fondidan 275 million yevro miqdorida yangi kredit oldi, bu sarmoyani uch yilga bo‘ldi.

Reuters xabariga ko‘ra, agar kredit o‘z vaqtida qaytarilmasa, amerikaliklar potensial ravishda klub aksiyalarining 68,5 foizini olishlari mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati