Toshkentda avtobusdan tushayotgan ayolni avtobus bosib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 23:32
Toshkent shahrida avtobusdan tushayotgan ayol yiqilishi oqibatida avtobus uni bosib ketdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 30-35 yoshlar atrofidagi ayol avtobusdan tushganida qoqilib, yiqilgan. Oqibatda ayolning oyog‘i balon tagida qolgan. U tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan va ikki soat davomida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

“Bemor tez yordam mashinasida shok palatasiga olib kelindi. Avtobusdan tushayotganida ehtiyotsizligi oqibatida avtobus oyog‘ini bosib olgan. Jarohat juda katta: yirtilgan, ezilgan. Biz uni jarrohlik stoliga oldik. To‘qimalarini taftish qildik. To‘qimalar hayotga nomutanosib bo‘lgani sababli son qismidan kesib tashlashga majbur bo‘ldik”, — deydi shifokor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati