«Murabbiyning yo‘qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz» - Shomurodov

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 23:26
Seshanba kungi O‘zbekiston – Gongkong o‘rtasida o‘tadigan JCH-2026 saralash bosqich 4-turi doirasidagi o‘yin oldidan Eldor Shomurodov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Gongkongda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Ular ham ochko olish uchun harakat qilishdi, bilishimcha, maydonni ham almashtirishgan. O‘yindan oldin bolalar bilan gaplashdik, bahsga jiddiy qaramasak, qiyin bo‘lardi. Barchamiz o‘yin boshidan buni tushunib, harakat qildik. O‘yinga to‘g‘ri munosabat bilan tushdik va qiyinalmay 3 ochkoga ega chiqdik

Jarohatdan keyinmi? Barchasi yaxshi. Muhimi hammmasi a’lo darajada. Bizda ajoyib jamoa yig‘ilgan. O‘zimni yaxshi his qilyapman.

Albatta, Katanes yo‘qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz. Eng avvalo sog‘liq muhim. Muxlislarni o‘yinga chaqirib qolamiz. Qiyinchiliklar ortda qoldi, hammasi joyida», - deydi Eldor Shomurodov






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati