• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi shifoxona yaqinida 170 nafar falastinlik jangarini o‘ldirdi

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi shifoxona yaqinida 170 nafar falastinlik jangarini o‘ldirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 23:20
Isroil armiyasi (SAHAL) 23 mart kuni G‘azo sektoridagi Ash-Shifo shifoxonasiga uyushtirilgan reyd va hujumlarda halok bo‘lgan falastinlik jangarilar soni 170 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Harbiylar bayonotida aytilishicha, Isroil armiyasi va Shin Bet xavfsizlik kuchlari «tinch aholi, bemorlar, tibbiy guruhlar va tibbiy jihozlarga zarar yetkazmagan holda» hududda «maqsadli janglarni» davom ettirmoqda.

Bayonotda aytilishicha, harbiylar 170 nafarga yaqin falastinlik jangarini o‘ldirgan va 800 nafardan ortiq gumondorni hibsga olgan.

Isroil armiyasi dushanbadan beri Ash-Shifo shifoxonasi yaqinida hujum uyushtirmoqda va bu minglab bemorlar va ko‘chirilgan falastinliklarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Isroil harbiy-havo kuchlari o‘tgan kun davomida G‘azodagi 35 ga yaqin nishonga, jumladan, qo‘mondonlik punktlari va terrorchi guruhlarga tegishli boshqa infratuzilma ob’ektlariga zarba berdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati