O‘zbekiston Moskvadagi teraktdan qanday xulosa olishi kerak?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 23:18
Terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 133 nafarga yetdi — RF Tergov qo‘mitasi.

Rossiyada 24 mart — umummilliy motam kuni, deb e’lon qilindi.

Bu kabi voqealar, qayerda va kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar, nafaqat umummilliy motam, balki umumbashariy motamga ham aylanishi kerak, deb hisoblayman.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» bob mavjud va unda bir qator jinoyatlar, jumladan terrorizm va terrorchilik harakatiga oid bir qancha qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan.

Bob nomidagi «insoniyat» so‘zining ishlatilishi ham bejizga emas. Chunki terrorizm mohiyatan bir millat, bir davlat yoki bir guruh shaxslarga qaratilmaydi. Bu insoniyatga qarshi urush, degani.

Biz ham ushbu mudhish voqeani qoralagan holda, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Va o‘z navbatida O‘zbekiston bu teraktdan qanday xulosa olishi kerak, degan savollarni ham muhokama qilish o‘rinli bo‘lar edi.
Eng avvalo, jamoat joylaridagi xavfsizlikka jiddiy e’tibor berish lozim.
Bunda albatta har qadamga 10 tadan qurollangan qo‘riqchi qo‘yib, har bir odamning sumkasiyu, cho‘ntagigacha tekshirish shartmas. Bunaqa qo‘pol va eskicha metodlar hech qanday samara bermaydi, xalq orasida behuda sarosima va qo‘rquv tarqatgani qoladi, xolos. Ammo xavfsizlikning zamonaviy usullaridan, masalan, shubhali shaxslarni aniqlovchi aqlli kameralar, yirik savdo markazlariga kiraverishda zamonaviy rentgen uskunalari, favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish uchun markazlashgan xavfsizlik tizimlari, qisqa soniyalarda yetib kelishi mumkin bo‘lgan doimiy shay maxsus kuchlar, avariya holatida odamlarni oson evakuasiya qilish mumkin bo‘lgan tizim va h.k. Hali men bilmaydigan zamonaviy usullar ham tiqilib yotibdi. Bizda shunaqa tizimlar qoniqarli darajadami?
Bu savolga menda javob yo‘q.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati