Liviyadagi ommaviy qabrdan 65 ta jasad topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 23:14
Liviyada topilgan ommaviy qabrdan 65 nafar muhojirning jasadi topildi. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkiloti bergan bayonotga asoslanib, BBC nashri xabar berdi.

Xalqaro migrasiya tashkiloti ma’lum qilishicha, jasadlarning qay tarzda vafot etgani va millati hozircha noma’lum. Muhojirlar O‘rta Yer dengiziga yetish uchun cho‘lni kesib o‘tayotganda halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Ommaviy qabr Liviyaning janubi-g‘arbiy qismidan topilgan. Hozirda bu hududda ichki ishlar bo‘limlari surishtiruv olib bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati