Andijonda haydovchi jarima maydonchasidan devor oshib qochib ketdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 10
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-03-2024, 23:06
Qayd qilinishicha, 24 yoshli haydovchi temir yo‘l pereezdini kesib o‘tishda qoida buzgan. Uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati inspektori ishorasiga bo‘ysunmay, to‘xtamasdan ketib qolgan.
Haydovchi kuzatib borilib, Kichik daha hududida to‘xtatilgan. U haqdagi ma’lumotlar tekshirilganda, 30 dan ortiq qoidabuzarlik, 100 mln so‘mdan ortiq muddati o‘tgan jarimasi borligi aniqlangan.
Transport vositasi jarima maydoniga olib borilgan. Inspektor haydovchiga chora ko‘rayotgan paytda, u jarima maydoni devoridan oshib o‘tib, qochib ketgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.