Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vataniga jo‘nab ketdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 37
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-03-2024, 22:24
«O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes bugun kutilmaganda sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vatani Sloveniyaga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldi.
Hongkong milliy jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinga milliy jamoamiz murabbiy assistenti Alesh Cheh boshchiligidagi shtab qo‘l ostida tayyorgarlikni davom ettiradi», - deyiladi O‘FA xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Hongkong o‘rtasidagi JCH-2026 2-saralash bosqich 4-turi doirasidagi o‘yin 26 mart kuni soat 19:30da boshlanadi. O‘yin «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi.