Mo‘g‘ulistonda 5 millionga yaqin chorva mollari nobud bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 22:14
Mo‘g‘ulistonda mamlakat tarixidagi eng qahraton qishda 5 millionga yaqin chorva mollari nobud bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti Mo‘g‘ulistonning chorvachilikka ixtisoslashgan hududlaridagi favqulodda vaziyat haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, sovuqda muzlab nobud bo‘lgan chorva mollari soni 4,7 milliondan oshadi. Ushbu yo‘qotish ortidan mamlakat oziq-ovqat ta’minotida jiddiy muammolar kelib chiqishi kutilmoqda

Mo‘g‘uliston nashrlari bergan ma’lumotga ko‘ra, noyabr oyidan beri kamida 2250 cho‘pon oilasi chorva mollarining 70 foizdan ko‘prog‘ini yo‘qotgan. Hozirda 7000 dan ortiq chorvador fermer oilalari chorvasini boqish uchun yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega emas.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati