Xitoyda internet foydalanuvchilari soni 1 milliard 90 millionga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 22:12
Xitoyda internet foydalanuvchilari soni 2023 yilda 1 milliard 90 millionga yetdi.

Xitoy Internet Tarmoq Axborot Markazi tomonidan e’lon qilingan yillik Internet statistik hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda onlayn foydalanuvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 24 million 800 mingga oshgan.

Mamlakatda internetdan foydalanuvchilar soni 1 milliard 90 million kishiga yetgan yoki Xitoy aholisining 77,5 foizini tashkil etgan.

Natijada onlayn xizmatlardan foydalanuvchilarning soni ham ortdi. Har yili mobil taksi xizmatlaridan foydalanuvchilarning soni 20,7 foizga, sayohatlarni onlayn bron qilish xizmatlaridan 20,4 foizga, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan 14,2 foizga oshib bormoqda.

2023 yilda respublika bo‘yicha 3 million 380 mingta 5G baza stansiyalari qurildi, viloyat va tuman markazlari darajasidagi barcha shahar aholi punktlarida uyali aloqa infratuzilmasi yaratildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati