Putin «Crocus City Hall»ga hujumni «varvarlarcha sodir etilgan terakt» deb atadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 18:08
Rossiya prezidenti o‘z murojaatida terakt jabrlanuvchilarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, odamlar hayotini saqlab qolish uchun barcha ishni qilayotgan tez yordam xodimlari va qutqaruvchilarga minnatdorlik bildirdi.

Putinga ko‘ra, Ukraina terakt ijrochilarini o‘z hududiga qabul qilishga tayyor bo‘lib turgan.

«Teraktning to‘rtala bevosita ijrochilari – odamlarni otganlar, o‘ldirganlar topilib, qo‘lga olindi. Ular yashirinishga urinishdi va Ukraina tomonga harakatlanishdi, u yerda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular uchun Ukraina tomoni davlat chegarasidan o‘tish uchun darcha hozirlab qo‘ygan», – dedi RF prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Kiyev hodisaga aloqadorligini rad etgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati