“Salimboy” jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 17:58
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 6 yil ozodlikdan mahrum qilingani rasman tasdiqlandi. Sud hukmiga ko‘ra, unga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining kontrabanda bilan bog‘liq qismi jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli tugatilgan.

Salim Abduvaliyevga sud hukmi bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani rasman o‘z tasdig‘i topdi. Toshkent shahar sudi bu haqda xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan.

“E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-prosessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.

S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilangan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boshida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib prosessual tartibda ushlangandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati