Britaniyada turmush darajasi tushib ketgani ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 17:46
Muslim Aid xalqaro musulmonlar xayriya jamg‘armasi direktori Xalid Javid Britaniyada qashshoqlik misli ko‘rilmagan sur’atda o‘sayotganidan xavotirda, deb yozdi BBC. Uning tashkiloti muhtojlarga bepul oziq-ovqat tarqatishga ixtisoslashgan.

Javidning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki uch oyida jamg‘arma 60 mingdan ortiq ovqat va oziq-ovqat posilkalarini tarqatgan. Garchi Muslim Aid yordamlarni masjidlar orqali tarqatsa-da, ularni olishga faqat musulmonlar kelmaydi.

“Oziq-ovqat jamlanmalari barcha dindorlar va dinsizlar uchun mo‘ljallangan”, - deydi Xalid Javid. Uning fikricha, turmush darajasining rekord darajada pasayishiga inflyasiyaning o‘sishi va pandemiya oqibatlari sabab bo‘lgan.

Aholi daromadi bo‘yicha eng noqulay hudud London sharqidagi Tauer Hamlets hisoblanadi. Bu yerda kambag‘allik chegarasidan pastda yashaydigan bolalar soni 47,5 foizdan oshadi, mamlakatda esa o‘rtacha 33 foizni tashkil etadi.

YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy 40 mamlakati orasida bolalar uchun eng yomon sharoitlar Fransiya va Britaniyada kuzatilmoqda.

“Ko‘plab odamlar o‘zlariga kerakli yordamni ololmaydilar, shuning uchun ular bu yerga kelishadi. Ularning ko‘pchiligi hukumatdan ko‘ra xayriyachilardan ko‘proq yordam olishlarini aytishadi”, — deya xulosa qiladi Javid.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati