Ozarbayjonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 17:42
O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ushbu mamlakatda qiyin moliyaviy ahvolda qolgan vatandoshimiz M.M.ning oilasi bag‘riga qaytishiga ko‘maklashdi.

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 12 mart kuni 1981 yilda tug‘ilgan yurtdoshimiz M.M. O‘zbekistonga qaytish uchun moliyaviy yordam yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u joriy yilning 4 mart kuni Gruziyadagi mahalliy restoranlardan biriga oshpaz bo‘lib ish topish niyatida do‘stining taklifiga binoan Boku orqali tranzit yo‘lda Toshkentdan Tbilisiga borgan. Gruziyaga yetib kelganidan so‘ng Tbilisi xalqaro ayeroportida noma’lum sabablarga ko‘ra vatandoshimizning mamlakatga kirishiga ruxsat berilmaydi va Bokuga qaytarib yuboriladi. Shundan so‘ng u Bokuga qaytib keladi va yana chipta sotib olib Gruziyaga boradi. Ikkinchi marotaba qilingan urinish ham Tbilisiga kirishga monelik qiladi. Natijada M.M mablag‘siz qoladi va bir necha kunni Boku shahridagi Haydar Aliyev xalqaro ayeroportida o‘tkazadi.

O‘zbekiston elchixona xodimlari homiylar ko‘magida yurtdoshimizning O‘zbekistonga borishi uchun chipta sotib olishdi. Hamyurtimiz 17 mart kuni "Azerbaijan Airlines" aviakompaniyasining Boku-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati