Davlat qarzi zaxiralarimizdan oshib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 17:28
O‘zbekiston davlat qarzi 1 yanvar holatiga ko‘ra 34,9 mlrd dollarga yetdi. Shundan 29,6 mlrd dollari tashqi qarz bo‘lsa, 5,3 mlrd dollari ichki qarz hisoblanadi.

2023 yilda O‘zbekiston zaxiralari 34,6 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zaxiralarimizda 32,2 mlrd dollar bor (24,1 mlrd dollar oltin, 7,5 mlrd dollar valyuta).

Shu tariqa tarixda ilk bor mamlakat qarzi zaxiralaridan ko‘proq bo‘lib turibdi. Bu havotirlanarlimi?

O‘zbekistonda davlat qarzining YAIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan. Hozirda bu 38,4 foiz bo‘lib turibdi.

Albatta iqtisodiy qiyin vaziyatdan O‘zbekiston kutilganidan yaxshiroq chiqdi. Buning uchun esa resurs kerak edi.

Turli yillarda davlat qarzi quyidagicha bo‘lgan:
2017 — 11,6 mlrd dollar 2018 — 14,9 mlrd dollar 2019 — 17,8 mlrd dollar 2020 — 23,4 mlrd dollar 2021 — 26,3 mlrd dollar 2022 — 29,2 mlrd dollar 2023 — 34,9 mlrd dollar

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati