Ditto o‘zbek reperlari orasida bu natija bo‘yicha rekordchi hisoblanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 17:22
Reper va sportchi Ditto o‘zbek reperlari orasida You Tube`da bir yoki undan ortiq million videoklip olish tezligi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Ditto`ning birinchi yutug‘i 2003 yilda bo‘lib, o‘shanda Shoxruxning «Balandda» videoklipi bo‘lgan. U klipda aktyor sifatida tanilgan. Ditto Shoxruxning ko‘plab kliplarida g‘oyalar va boshqa maslaxatini bergan.

Ikkinchi rekord 2023 yilda yuz berdi - "Massa" bilan aytilgan dueti - "Welcome to Dubai" qo‘shig‘i klipini 30 soat ichida 1 000 000 kishi ko‘rdi.

Ditto instagram tarmog‘ida ko‘plab noodatiy rasm va videolar ko‘plab muloxazalarga sabab bo‘ldi. Bunga esa Ditto shunday javob beradi:

"Mening yashash tarzim odatiy haytimdagi bo‘lgan voqealarni instagram tarmog‘imga joylayman, kimlardir buni yashirib yursa-da, ammo men hayotimdagi voqealarni oshkora joylayman".

Shou-biznes olamidagi taniqli insonlardan biri, bloger, sportchi, tadbirkor Ditto taxallusi bilan ijod qilayotgan Dilshodbek Umirov o‘zi haqida:
"Men 1984 yil 6 avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ziyoli oilada dunyoga kelganman. Otam Ravshan Akbutayev Umumiy ovqatlanish muassasasi rahbari, Onam Shahlo Hojiyeva maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi-tarbiyachi bo‘lib, meni yaxshi bilim olishim uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishgandi. Bolaligimdanoq sportga, bilim olishga va tashkiliy ishlarga juda qiziqar edim. Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida joylashgan 2-maktabda o‘qigan vaqtlarimdayoq, a’lo baholarga o‘qib, sinf sardori bo‘lganman. 9 sinfni tugatgach, Iqtisodiyot liseyida o‘qish uchun Toshkent shahriga kelganman. Bilimim kuchli bo‘lganligi uchun ham, astoydil tayyorlanib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, liseyga qabul qilinganman.
O‘sha vaqtda Toshkent shahrida shaxsiy uyim bo‘lmaganligi uchun, jiyanim, ammamning o‘g‘li taniqli xonanda Shoxruh reperning uyida yashashimga to‘g‘ri kelgan. Ammamning o‘zlari “biznikida yashasin” deganlar. Iqtisodiyot liseyini tugatgach, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirdim. Lekin, universitetni tugatgach, o‘z soham bo‘yicha faoliyat olib borganim yo‘q. Chunki, endi butunlay boshqa sohaga, ya’ni sportga qiziqib qolgan edim. Chunki, Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimdayoq sportning taekvando, kikboksing va futbol turiga qiziqib, ular bilan shug‘ullanardim. Mendagi intilishni ko‘rib, ustozim treneri Botir Zokirov kikboksing bilan jiddiy va muntazam shug‘ullanishga undagan. Bu vaqtda men tungi klubda “oxrana” sifatida ham faoliyat olib borayotgan edim. Chunki doim o‘zim mustaqil mablag‘ topishni istaganman. O‘sha paytlarda jiyanim xonanda Shoxruh reper meni o‘zining “Balandda”, “Xayolimdasan” kliplariga taklif qilgan. Klip ssenariysini ham, Shoxruh reper bilan birgalikda yozganmiz. Musiqaga bo‘lgan qiziqishim ana shu vaqtlarda paydo bo‘lgan. Bu orada biznesga ham qiziqib qolib, Toshkentdagi “Parkent” bozorida tijorat bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘yganman.
Ammo, menda sportga bo‘lgan qiziqish hammasidan ustunlik qilgan. Buning sababchisi do‘stim, yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha Jahon chempioni Murod Xonto‘rayev bo‘lib, u menga sportda ma’lum bir natijaga erishish uchun muntazam ravishda shug‘ullanish kerakligini aytib, meni doim mashg‘ulotlarga chaqirardi. Shundan buyon menda muntazam ravishda kuniga 2 mahal sport bilan shug‘ullanish odatga aylangan. Har tong sahar soat 6.00 da uyg‘onib, mashq qilishni o‘zimning turmush tarzimga aylantirganman. Bir necha janglarda ishtirok etib g‘olib bo‘lganman. Oilaliman, 2010 yilda uylangan. Sport va biznesga bo‘lgan qiziqishim meni 2013 yilda Dubayga borishimga sabab bo‘lgan. 2014 yilda esa, Dubayga kelgach, biznesga bo‘lgan qiziqishimni yanada rivojlantirib, uni sport bilan ham bog‘lashga erishdim. Dastlab Dubayga cho‘ntagimda 100 dollar pul bilan kelganman, ma’lum bir vaqt davomida Iphone telefonlar biznesi bilan shug‘ullanganman. Hayotimda shunday kunlar ham bo‘lgan-ki, Dubayda avtomobil ichida va masjidda ham tunab qolishimga to‘g‘ri kelgan. Ammo, tushkunlikka tushmay, o‘z maqsadlarim sari olg‘a intilib harakat qilganman. Hozir Dubayda istiqomat qilaman va Dubayda biznes borasida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlardan biriman. Bu yerda sport zal ochganman. Shuningdek, avtomobil va uy biznesi bilan ham shug‘ullanaman. O‘zimning kompaniyam bor va MultiBank hamkori hisoblanaman".

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati