Qozog‘istonda og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, 4 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 16:50
Qozog‘istonning Jetisu viloyatida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa viloyatning Olmaota-Oskemen avtomobil yo‘lining 336-kilometrida sodir bo‘lgan. «Lada Priora» va «Toyota Windom» avtomashinalari ishtirokidagi YTH natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Yaralangan besh kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, «Lada Priora» rusumli avtomobil haydovchisi «Toyota Windom» rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida «Lada Priora» haydovchisi, uning ikki yo‘lovchisi, shuningdek, «Toyota Windom»ning bir yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati