Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 169 kun bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 35
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 16:06
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 169 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar 24 soat davomida G‘azo sektorining Rafah, Dayr al-Balah va Xon Yunis shaharlariga hujum qildi. Ushbu hujumlarda jami 82 kishi halok bo‘ldi, 110 kishi yaralandi.

▪️ 7 oktbyardan bunyo hammasi bo‘lib 32 070 kishi Isroil genosidi qurboniga aylandi, 74 298 kishi yaralandi.

▪️ G‘azo hukumati: Shifa kasalxonasida ishg‘olchilar tomonidan qatl etilgan 100 kishi orasida tibbiyot xodimlari ham bor.

▪️ BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish loyihasi bo‘yicha ovoz berishni dushanba kuniga qoldirdi.

▪️ Bugun tongda bosqinchilar Xon Yunisdagi Yevropa kasalxonasiga havodan hujum qildi.
▪️ Qarshilik jangchilari G‘azo shahri markazida, Shifo kasalxonasi yaqinida va Bayt-Laxiyada bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda.
▪️ G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Baytlahm, Xevron, Nablus va Tulkarmga hujum qilmoqda. O‘nlab odamlar hibsga olingan. Urush boshlanganidan beri bosqinchilar G‘arbiy Sohilda 7350 nafar falastinlikni hibsga olgan.
▪️ Isroil cheklovlariga qaramasdan, 120 ming falastinlik Al-Aqso masjidida Ramazon oyining ikkinchi jumasini ado etdi.
▪️ Amerika qiruvchi samolyotlari husiylar nazorati ostidagi Yamandagi uchta yer osti omboriga hujum qildi. Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Sanadagi portlashlar va tutunni joylashtirgan. Shuningdek, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Yamanda to‘rtta dron yo‘q qilinganini bildirdi. Qo‘mondonlik husiylar nazoratidagi hududlardan Qizil dengiz tomon ballistik raketalar uchirilganini ham ma’lum qildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati