Yoqilg‘i urush uchun asosiy vositadir. Ukraina yoqilg‘i infratuzilmasini yo‘q qilishda davom etadi - Podolyak
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 35
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-03-2024, 15:56
Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi “Dojd” efirida aytib o‘tdi.
“Bu soxta ma’lumotlar. Ikki yillik keng ko‘lamli urushdan so‘ng, hech kim Ukrainaga bu urushni olib borish shartlarini belgilab bermaydi. Xalqaro huquq doirasida Ukraina Rossiyaning urush qurollarini «yog‘sizlantirishi» mumkin. Yoqilg‘i urush uchun asosiy vositadir. Ukraina yoqilg‘i infratuzilmasini yo‘q qilishda davom etadi”.
Podolyakning ta’kidlashicha, Rossiya «genosid» niyatlarida Ukrainaning muhim infratuzilmasiga zarba beryapti, Ukraina esa urush infratuzilmasini vayron qilmoqda.
Avvalroq Financial Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda, Vashington Ukrainadan neftning jahon narxlari ko‘tarilmasligi, shuningdek, Moskva tomonidan javob choralari qo‘zg‘atilmaslik uchun Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘ragani haqida xabar bergan edi.