Suriya prezidenti Putinga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 15:48
Suriya prezidenti B.Asad Rossiya prezidenti V.V.Putinga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi:

???? Sizga Moskva viloyatidagi konsert zalida yuz bergan dahshatli terakt natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar uchun chuqur hamdardligimizni hamda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Begunoh fuqarolarga qarshi qaratilgan bu qo‘rqoq hujum rus xalqini o‘z tamoyillaridan chekinishga, o‘z mamlakatining suvereniteti va qarorlarining mustaqilligiga sodiqlikdan voz kechishga mutlaqo qodir emasligini ko‘rsatadi. Bu neonasizm va uning homiylari Donbassdagi maxsus harbiy operasiya davomida ko‘rgan og‘ir, alamli mag‘lubiyatlari bilan bevosita bog‘liq.

Biz dunyoning turli burchaklarida terrorchilar tomonidan sodir etilgan bu shafqatsiz harakatni va boshqa barcha qonli jinoyatlarni qoralaymiz. Biz siz bilan birgalikda transchegaraviy terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni davom ettirish qat’iyatimizni tasdiqlaymiz.

Sizga yana bir bor samimiy hamdardligimizni bildiramiz. Olloh taolodan marhumlarga rahm-shafqat, yaqinlariga ruhiy salomatlik, sabr-toqat, yarador va jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini so‘raymiz.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati