O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federasiyasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 35
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-03-2024, 15:46
Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila a’zolariga bardamlik, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo topishlarini tiladi. Begunoh insonlarga qarshi qaratilgan ushbu jinoyat yana bir bor qat’iy qoralandi.
Rossiya yetakchisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentiga ushbu og‘ir damda bildirilgan dalda so‘zlari va zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatlarimiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyotiga tahdid bo‘lgan ushbu yovuz kuchga kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.