Laporta: U Barselonadagi holatidan xursand

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 15:38
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "ko‘k-anorranglilar"ning 26 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan 2026 yilning yozida yakunlanadigan mehnat shartnomasini uzaytirish haqida gapirdi.

"Ha, u "Barselona"dagi holatidan xursand. Uning so‘nggi orzusi "Barselona"ni tark etish edi. U menga bu yerni juda yoqtirishini bir necha bor aytdi.

Biz uning o‘yinlaridan xursandmiz. Agar kimdir klubdan ketmoqchi bo‘lsa, biz futbolchining xohishiga qarshi chiqa olmaymiz.

Lekin o‘ylashimcha, hamma bu klubda qolishni istaydi, biz esa ularning fikrini hurmat qilamiz", - deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati