“Fiorentina”ning o‘z futbolchisi bo‘yicha rejasi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 15:00
Italiyaning “Fiorentina” klubi Artur Meloni 20 million yevroga sotib olish variantini faollashtirmaydi.

Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik yozda ijara shartnomasi yakunlanganidan keyin "Yuventus"ga qaytadi. Keyin Meloning kelajakdagi faoliyati bo‘yicha muzokaralar boshlanadi.

Turin klubi braziliyalik yarim himoyachini o‘tgan yozda "Fiorentina"ga ijaraga bergan edi. Joriy mavsumda Melo "binafsharanglilar" safida barcha musobaqalarda 36ta o‘yinda ishtirok etdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati