Ispaniya sudi Telegramning mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 14:48
Milliy adliya sudining sudyasi Santyago Pedraz da’voni ta’minlash chorasi sifatida Ispaniyada Telegram xabar almashish ilovasini to‘xtatib turishni buyurdi.

Bu haqda Europa Press agentligi xabar berdi.

Sud qarori Mediaset, Atresmedia va Movistar Plus media-kompaniyalari mualliflik huquqi bilan himoyalangan audiovizual kontentdan ruxsasiz foydalanish yuzasidan bergan da’vosiga tegishli. Pedraz bu qarorni kompaniyalar tergov olib borilayotgan vaqtda messenjerning Ispaniyadagi faoliyati falaj bo‘lib qolishi uchun talab qilgan ehtiyot choralari talabi doirasida qabul qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sudya so‘ralgan ma’lumotlarga javob olmagani uchun Telegram ni vaqtincha blokirovka qilishni buyurgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati