O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 14:40
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Ulug‘bek Maqsudov mazkur lavozimda 2018 yilning may oyidan beri ishlab kelayotgandi. Podshohlik rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan xayrlashuv uchrashuvida, so‘nggi yillarda O‘zbekiston—Saudiya munosabatlari sezilarli darajada faollashgani qayd etilgan.

Ayni paytda Saudiya Arabistonining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami sarmoyasi 30 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. 2—3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 3-Toshkent xalqaro investisiya forumida esa Saudiya Arabistoni biznesining faol ishtiroki kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Ulug‘bek Maqsudov bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi O‘zbekistonning doimiy vakili ham edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati