“Krokus” terakti qurbonlari 107 nafari shifoxonalarda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 32
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 14:20
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, "Krokus Siti Xoll"dagi teraktdan so‘ng 107 kishi kasalxonada. Shu jumladan, 16 jabrlanuvchining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznesov ma’lum qildi.

"Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva viloyatidagi shifoxonalar, Moskva va federal tibbiyot tashkilotlari Krokus Siti Xolldagi teraktda jabrlangan 107 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda", - deya "Interfaks" Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari yordamchisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

To‘rt nafar bola jarohatlangan, ulardan biri o‘ta og‘ir, ikkitasi og‘ir ahvolda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati