Britaniyalik faollar hukumat Isroilni dastaklayotgani uchun soliq to‘lamaslikka chaqirmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 34
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 13:56
Faollar Britaniya hukumatining Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga nisbatan pozisiyasiga norozilik sifatida fuqarolarni soliq to‘lashni to‘xtatishga chaqirmoqda, deya xabar qildi Anadolu.

Kampaniya tashabbuskorlariga ko‘ra, Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumatga soliq to‘lash “genosidga yordam berish” bilan barobar.

Faollarning ta’kidlashicha, "soliq qarshiligi" BMT Nizomi, Xalqaro Jinoyat Sudi Rim statuti va Britaniyaning 2000 yilgi terrorizm aktiga muvofiq qonuniydir.

Aksiyaning asosiy maqsadi soliq to‘lovchilarni daromad va munisipal soliqlarni to‘lashdan bosh tortishga ko‘ndirishdan iboratdir. Kampaniya tashkilotchilari 3 millionga yaqin soliq to‘lovchini yoki Buyuk Britaniya soliq to‘lovchilarining qariyb 10 foizini hukumatni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha kursni o‘zgartirishga bosim o‘tkazishga ko‘ndirmoqchi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buning natijasida G‘aznachilik bir yil davomida taxminan 700 mln funt sterling (888 mln dollar)dan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Kampaniyaga qo‘shilganlar soni 100 ming nafarga yetganidan so‘ng, soliq to‘lovchilardan shu kuni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash rejalari haqida Bojxona va daromadlar boshqarmasiga (HMRC) xabar berishlari so‘raladi. Shundan keyin ular soliqlarni soliq inspeksiyalariga emas, balki trastga to‘laydilar.

Hukumat bir yil ichida sud orqali "harbiy jinoyatlarga sherik" emasligini isbotlay olsa, soliqlar HMRC tomonidan qoplab beriladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati