• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Jeneva shahrida O‘zbekiston va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Jeneva shahrida O‘zbekiston va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 13:44
O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov va Parlamentlararo ittifoq (PI) bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog‘ida Parlamentlararo ittifoq doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida PI bosh kotibiga respublikadagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston demokratik yangilanishlar, jadal taraqqiyot va keng ko‘lamli islohotlar mamlakatiga aylangani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida parlamentning o‘rni va ahamiyati tubdan o‘zgargani qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil aprel oyida Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yillik yubiley Assambleyasini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi. Bunday keng ko‘lamli parlament tadbirining Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilishi O‘zbekistonning mintaqaviy va jahon siyosati markazlaridan biri sifatida o‘rni PI va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganini tasdiqlashi alohida ta’kidlandi.

O‘z navbatida Martin Chungong davlatimiz rahbarining kuchli siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston qisqa vaqt ichida demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida tub o‘zgarishlarga erishganini ta’kidladi. Uning aytishicha, respublikaning parlamentarizmni takomillashtirish, gender tengligi, inson huquqlarini himoya qilish va yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi tajribasi mintaqadagi boshqa davlatlar uchun muvaffaqiyatli namuna bo‘la oladi.

PI rahbari, shuningdek, respublikada Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va ularga erishish, yoshlar parlamentarizmini rivojlantirishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ham yuksak baholadi.
Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun hujjatlarining qabul qilinishi mamlakatimiz rahbariyatining parlament va siyosiy partiyalarning rolini izchil kuchaytirish, shuningdek, qonunchilikda huquqiy asoslarni mustahkamlashga intilayotganini yana bir bor tasdiqlayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Parlamentlararo ittifoq bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston vakillarining Ittifoqning boshqaruv organlari faoliyati va tadbirlarida ishtirokini faollashtirishga kelishib oldilar.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati