Singapurga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizliklar keyin Xitoy termasi sardori halqaro faoliyatini yakunladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 13:24
Xitoy terma jamoasi sardori Chjan Linpen xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bunga uni JCH-2026 saralashining ikkinchi bosqichida Singapur termasiga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsiz natijasi turtki bergan.

21 mart kuni Singapur va Xitoy terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. O‘yin durang bilan yakunlandi - 2:2. Xitoy o‘yin davomida 2:0 hisobida oldinda borgandi, ammo yakunda g‘alabani boy bergandi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazib yuborilgan ochkolardan ranjigan Chjan Linpen kutilmaganda terma jamoadan ketishini e’lon qildi.

"Men bu haqda uzoq o‘yladim, o‘ylaymanki, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash vaqti keldi. Singapur termasini ham mag‘lub eta olmadik. Men buni nomaqbul deb bilaman va uni kamsituvchi deb bilaman" - dedi Linpen.

34 yoshli Chjan 2009 yilda terma jamoa safida debyut qilganidan beri Xitoy terma jamoasi safida 105 o‘yin o‘tkazdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati