Saudiya Arabistoni qiroli va valiahd shahzodasi Putinga hamdardlik telegrammalarini yo‘lladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 13:08
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Krokus Siti Xolldagi terakt munosabati bilan hamdardlik telegrammalarini yo‘lladi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi xabar berdi.

«Biz Moskva yaqinida sodir etilgan terakt, shuningdek, uning oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldik. Biz ushbu sharmandali jinoiy harakatni keskin qoralaymiz», — deyiladi telegrammada.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, shuningdek, Krokus Siti Xollga uyushtirilgan teraktni qoralab, prezident va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati