FQB AQShdagi musulmonlarni kuzatib, ularni so‘roq qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 13:02
Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari davom etar ekan, AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Amerikadagi musulmonlarni qattiq tekshirib, so‘roq qilmoqda. Bu haqda Amerika-Islom kengashi (CAIR) advokati Dina Chehata Anadolu agentligiga ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Janubiy Kaliforniyadagi falastin, arab va musulmon jamoalari a’zolaridan FQB xodimlari ular bilan bevosita telefon orqali yoki ularning uylariga borib, suhbatlashish uchun bog‘langani bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan.

Buni “FQB kuzatuvi va jamiyat a’zolarini so‘roq qilish” deb nomlagan advokat shikoyatlarda federal va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari "hamjamiyat a’zolaridan HAMASni qo‘llab-quvvatlayaptimi, jangovar harakatlar mintaqasida zo‘ravonlik qo‘llanilishini qo‘llab-quvvatlaysizmi yoki yo‘qmi hamda ularning Isroil va HAMAS bo‘yicha fikrlari" so‘raganini aytdi.

Dina Chehata agentlikka ko‘plab musulmonlar FQB kuzatuvi ostida ekani, hatto jamiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmagan boshqa odamlarning ham kuzatuv ostida ekanini ma’lum qilgan.

“Biz o‘z hamjamiyatimizni hushyor bo‘lish haqida ogohlantirdik, chunki so‘nggi bir yoki ikki hafta ichida agentlar falastinliklarni so‘roq qilayotgani haqida bir necha izchil xabarlarni payqadik”, - deya qo‘shimcha qildi Chehata.

Qayd etish joizki, Isroil tomonidan qamal ostidagi G‘azo sektorida so‘nggi besh oydan buyon davom etayotgan urush fonida dunyoning ko‘plab mamlakatlari, ayniqsa G‘arbda musulmonlarga qarshi yoki islomofobik harakatlar hamda kayfiyatlarning hayratlanarli darajada oshgani qayd etilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati