AQSh prezidenti ham Serdar Berdimuhamedovni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 12:38
Bayden Turkmaniston rahbari bilan birgalikda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishni kutmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov bilan ikki davlat o‘rtasidagi munosabtlarni chuqurlashtirish uchun hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutmoqda. Bu haqda u Turkmaniston prezidentiga Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida yozgan.

«Men siz bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz va butun mintaqa xalqlari manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman», — deya Baydenning so‘zlarini keltirgan TDH davlat agentligi .

Amerika rahbari Berdimuhamedov, uning oila a’zolari va Turkmaniston xalqiga baxt, sog‘lik va tinchlik tiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati