Avstriya poytaxtida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 12:26
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi vakillari Vena shahrida bo‘lib o‘tgan "Ferien Messe" turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ferien Messe" Avstriyaning turizm sohasidagi eng yirik ko‘rgazmasi hisoblanib, u har yili o‘tkaziladigan tadbirlar qatoriga kiradi. Ko‘rgazmadan asosiy maqsad – o‘z ta’tilini mazmunli o‘tkazmoqchi bo‘lgan Avstriya aholisiga dunyo mamlakatlariga sayohat qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish.

Bu yilgi ko‘rgazma maydonida dunyoning 36 ta mamlakatidan 450 dan ortiq kompaniya stendlari namoyish etildi. Chexiya mazkur xalqaro ko‘rgazmaning "hamkor-davlati" maqomida qatnashdi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar umumiy soni 40 mingga yaqin kishidan iborat.

Ishtirokchi davlatlar ko‘rgazmaning alohida ajratilgan sahnasida o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari va raqslarini namoyish etib, milliy stendlariga tashrif buyurgan mehmonlarga tansiq taomlar tarqatishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu yili 80 foizga yaqin avstriyalik sayohatchilar o‘z mehnat ta’tillarini asosan qo‘shni davlatlar va O‘rta yer dengizi mamlakatlarida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Hozirda dengiz bo‘yida dam olish avstriyalik turistlarning eng mashhur sayohat turi bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinlarni esa shaharlarning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish, tarixiy obidalarni ziyorat qilish va tog‘ yon bag‘irlarida dam olish kabi turlar egallamoqda.

To‘rt kun davom etgan mazkur ko‘rgazmada avstriyalik sayyohlar orasida O‘zbekistonga borish xohishini oshirish va targ‘ib qilish maqsadida mamlakatimizning Vena shahridagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan turizm salohiyatimizni namoyish etadigan foto va video taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda avstriyalik sayyohlarga mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati, jahon sivilizasiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab olim va mutafakkirlar, betakror madaniy merosi, ko‘hna me’moriy obidalari, pazandachilik va xalq amaliy san’atiga oid ma’lumotlar yetkazildi. Shu jumladan, "lass uns reisen" ("Birga sayohat qilaylik") kompaniyasi vakili Kalya Xine xonim yig‘ilganlarga Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarimiz va Orol dengizi hududiga bir necha bor qilgan tashriflari chog‘ida o‘zining ko‘rganlari, taassurotlarini aytib berdi va avstriyaliklarni yurtimizga tashrif buyurishga chorladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga borish istagini bildirayotgan avstriyalik sayyohlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy turoperatorlardan yangi va jozibador takliflar tayyorlashni talab etadi.
Bu yili avstriyalik sayyohlar uchun O‘zbekistonga borish mavsumi mart oyining oxiridan boshlanib, noyabr oyigacha davom etadi.
Avstriyaning "lass uns reisen" kompaniyasi egalari:

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati