Chelsining taqdiri Everton va Nottingem Forestnikidan daxshatliroq bo‘lishi mumkin
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 38
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-03-2024, 12:26
Kelayotgan yozda klubning yirik maosh egalari bo‘lgan Kepa va Lukaku jamoadan ketadi. Ularga Saudiyadan takliflar bor. Bu pul tejalishiga olib kelishi kutilmoqda. Ammo Yevrokuboklarsiz qolish, jamoaning foydasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday taqdirda Boelining yozgi rejalari chipakka chiqadi. "Chelsi" tez orada qimmat hujumchi xarid qilishni ko‘zlayotgan edi. Klubga qo‘llaniladigan jazo "Everton" va "Forest"nikidan ancha keskin bo‘ladi. Bu esa "Chelsi"ni APLda qolish masalasini kun tartibiga olib kelishi mumkin.
Ekspert bu borada shunday deydi: "Allaqachon "Chelsi"ning moliyasida yopish qiyin bo‘lgan tuynuklar paydo bo‘ldi. Bu tuynuk 55 million funtlik kamomad bilan boshlanadi. Garchand klub 48 million funt foyda ko‘rsa ham, Yevrokuboklarsiz qolish xavfi bo‘lajak kirimlarga zarar yetkazadi. Shu sabab 30 iyunga qadar "Chelsi" o‘ziga keraksiz futbolchilarni har qanday narxlarda sotishi kerak. Agarda futbolchilar sotuvidan 200 million funtga teng foyda ko‘rilmasa, keyingi yilning shu paytiga qadar "Chelsi"ni APLning eng quyi pog‘onalarida ko‘rishga majbur bo‘lamiz". Bu shuni anglatadiki, ko‘rilgan ortiqcha zarar o‘rnini zudlik bilan qoplash kerak. Aks holda, APL "Chelsi"dan ochko tortib olishi mumkin.
ISMATOV J.