Laporta: Menga Real rahbariyati o‘ynayotgan o‘yin yoqmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 12:24
Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta “Real” rahbari Florentino Peres bilan munosabati haqida gapirdi.

"Hozirda Madrid bilan yaxshi munosabatlarimiz yo‘q. Peres Negreyra ishida ishtirok etgan va hech qanday dalil bo‘lmasa-da, tergovni uzaytirishni so‘ragan. Ular hech narsa topa olmaydi, chunki bu bizning aybimiz emas. "Real Madrid" mutasaddilari bu ishni faol davom ettirmoqchi. Menga ular o‘ynayotgan o‘yin yoqmayapti", - dedi kataloniyaliklar rahbari.

Ispaniya chempionatining 29-turidan so‘ng “Barselona” 64 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Real Madrid" 72 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati