• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Gollivud aktyori Uill Smit ramazon oyida Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi

Gollivud aktyori Uill Smit ramazon oyida Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 11:38
“Men afsonaman”, “Baxt ortidan quvib”, “Qora libosli odamlar” va boshqa ko‘plab filmlar orqali tanilgan amerikalik aktyor, rejissyor Uill Smit Big Time podcast dasturi doirasida jurnalist Amir Adib mehmoni bo‘ldi. Suhbat davomida aktyor o‘tgan yili ramazon oyida muqaddas Qur’on kitobini to‘liq o‘qib chiqqani haqida aytib o‘tdi.

U bu davrda bir nechta diniy kitoblarni, jumladan, Qur’onni ham o‘qiganini ta’kidladi:

Shuningdek, Uill Smit Qur’onning ahamiyati va kitobda Muso payg‘ambar bilan bog‘liq voqealar unga qanday ta’sir qilgani haqida aytib o‘tdi. Aktyorga Qur’onni o‘qigach, undan nimalarni bilib oldingiz, deb savol berilganda, u bunga javoban Muso payg‘ambar voqeasi musulmonlarning muqaddas kitobida ham borligiga hayron qolganini va o‘sha voqea aktyorda katta taassurot uyg‘otganini ta’kidladi.

Shu bilan birga aktyor boshqa muqaddas kitoblar — Tavrot, Injilni ham o‘qib chiqqanini va mazkur kitoblar Qur’on bilan aloqasi uzilmagan bir hikoyadek tuyulganini aytdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati