Diqqat! Tezda mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 11:28
Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i hamda “Telegram” messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda takroran tadbirkor Alisher Usmonov videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yo‘li orqali go‘yoki "Aliya" nomli kanal orqali internet foydalanuvchilari tez fursat ichida mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

"Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz. O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishidan himoya qiling", deyiladi Kiberxavfsizlik markazi xabarida.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati