Mbappe: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yoki etmasligim bir insonning qaroriga bog‘liq

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 11:26
Futbolchi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida vatani sharafini himoya qilmoqchi.

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni istayotganini ma’lum qildi. Futbolchi avgust oyida o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etish uchun "Real" yoki PSJ klublaridan qaysi biri rozi bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Har doim Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni istaganman. Niyatim o‘zgargani yo‘q. Olimpiya o‘yinlarida o‘ynasam, bu orzu bo‘ladi. Agar menga ruxsat berishmasa, nima deyishsa shuni qilaman. Bu bo‘yicha qaror qilish bir insonga bog‘liq. O‘sha inson hali menga javob bergani yo‘q.

Olimpiyadaga borish, bormasligimni qaysi klub hal qiladi? Bilasizmi, PSJ – amalda men bilan shartnomasi bor bo‘lgan yagona klub", -deydi Kilian Mbappe.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati