Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Putinga hamdardlik bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 11:18
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Krasnogorskdagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga Krasnogorsk shahridagi "Krokus siti xoll" konsert zalida yuz bergan qurolli hujum va portlash oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanishlar munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.



Berdimuhamedovga ko‘ra, “Turkmaniston terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlarini keskin qoralar ekan, jahon hamjamiyatining ushbu illatga qarshi kurashish va unga barham berish borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi”.

“Krokus siti xoll”dagi terakt munosabati bilan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasi yo‘llab, unda ushbu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlik harakatini keskin qoraladi.

“Krokus siti xoll” majmuasida ko‘plab rossiyalik fuqarolarning o‘limi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan shafqatsiz terrorchilik hujumi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik va oqlashga hech qanday asos bo‘lmagan ushbu g‘ayriinsoniy harakatni keskin qoralaymiz”, — deyiladi telegrammada.

“Ushbu qayg‘uli soatlarda sizga, qurbonlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamda barcha do‘st Rossiya xalqiga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarimizni bildiraman. Barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, - deb yozadi Rahmon.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Moskvadagi "Krokus siti xoll" konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan. Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati