• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Samarqandda ayol sumkaga solingan egizak chaqaloqlarni ko‘p qavatli uy yo‘lagiga qoldirib ketdi

Samarqandda ayol sumkaga solingan egizak chaqaloqlarni ko‘p qavatli uy yo‘lagiga qoldirib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:56
Samarqand shahar, Qorasuv dahasidagi ko‘p qavatli uyning yo‘lagida yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar qoldirib ketildi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida ma’lum qilindi.

Sumkaga solingan holatdagi chaqaloqlarni hudud hamshirasi ko‘rib qolgan hamda ularga birinchi yordam ko‘rsatgan. Egizak qizaloqlarni uy yo‘lagiga ayol kishi qoldirib ketgan. Uning harakati ko‘p qavatli uyning kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Ayol niqob taqqan, ro‘molga o‘ranib olgan holatda bo‘lgan.

Birinchi navbatda bolalarning ahvolini ko‘rdik, ambulator xonasiga tushirib, yurak urishini tekshirdik. Egizaklarning ikkalasi ham sog‘lom… IIB xodimlari kelib, vaziyatni o‘rgandi. Bolalarning onasi shu massiv aholisidan, deya taxmin qilyapmiz. Sababi, u bu yerda klinika borligini bilgan, — deydi xususiy klinika rahbari Bahriddin Doniyorov.

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori o‘rinbosari Dilshod Rahmonovga ko‘ra, hozirda egizaklarning ahvoli yaxshi, ular to‘liq nazoratga olinib, parvarish qilinmoqda. Hozircha bolalarni tashlab ketgan ayolning shaxsi ma’lum emas.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati