Poytaxt havosida ifloslanish darajalari har xil

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:52
Poytaxtning Olmazor tumanida soat 09.00 holatiga ikki datchik havo sifati JSST talablari bo‘yicha "qizil" va "to‘q sariq" ko‘rsatayotgan bo‘lsa, boshqa hududlarda datchiklar "sariq" va "yashil" darajalarni ko‘rsatmoqda. Poytaxtda "yashil" havosi toza zonalar hozircha ko‘proq.

O‘zgidrometning poytaxt markazidagi stasionar posti (Xalqlar Do‘stligi) ham soat 09.00 xolatiga havo sifat darajasini "yashil" ko‘rsatmoqda va bu, JSST talablari bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan past ko‘rsatkichdir (bu poytaxtda anchadan buyon kuzatilmayotgan edi)...

Yuqorida Olmazor tumanida havoni ifloslantiruvchi manba bu, antropogen yoki tabiiy buni hozircha bilish imkonsiz. Ammo shuni ta’kidlash kerak-ki, so‘nggi soatlarda shamol shimoldan Qozog‘iston janubiy viloyatlari tomonidan esib turibdi...








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati